“Oq qalpoq” bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi
2026-04-07 12:00:00 / Yangiliklar

Qirg‘iz millatining milliy qadriyatlari va an’analarini o‘zida mujassam etgan “Oq qalpoq” bayrami shodiyona kayfiyatida nishonlandi.
Ushbu bayram qirg‘iz millatining milliy o‘zligining timsoli bo‘lgan oq qalpoqni e’zozlash, uning tarixiy va ma’naviy ahamiyatini targ‘ib etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Bayram tadbirida Qo‘mita rahbariyati, diplomatik korpus vakillari, turli milliy madaniy markazlar faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan yurtimizda turli millat va elat vakillariga yaratilgan keng imkoniyatlar, ularning milliy qadriyatlarini asrab-avaylash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.


