O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “Gruziya madaniyati kunlari”ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi
2026-03-10 14:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “Gruziya madaniyati kunlari”ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi
➡️O‘zbekistonda 9-11-mart kunlari “Gruziya madaniyati kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida O‘zbekistonda “Gruziya madaniyati kunlari”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔘Unda, ikiki mamlakat madaniyat vazirlari, Qo'mita rahbariyati, diplomatik korpus vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, o'zbek hamda gruzin san’ati ixlosmandlari ishtirok etishdi. “Gruziya madaniyati kunlari”ning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan gala-konsert dasturi “Madaniyatlar muloqoti: O‘zbekiston va Gruziya - asrlar merosi va zamon nafasi” deya nomlandi.
Konsertda O‘zbekistonning “Tumor” raqs ansambli hamda Gruziyaning “Erisioni” davlat akademik xalq ashula va raqs ansambli o‘z san’atlarini namoyish etishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 9-12-iyul kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari” tadbirlari tashkil etilgan edi. Unda, o‘zbekistonlik san’atkorlar va raqqosalar ishtirokida gala-konsert dasturi va kinofilmlar namoyishi tashkil etilgan.




