“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI INFOGRAFIK TOʻPLAM TAQDIM ETADI
2026-02-28 10:35:00 / Yangiliklar

“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI INFOGRAFIK TOʻPLAM TAQDIM ETADI
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturi hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturining asosiy maqsad va vazifalari aks etgan infografik toʻplam tayyorlandi. (https://t.me/dscuzbekistan/3865)
ISLOHOTLAR DASTURLARI
5 ta yirik yoʻnalish kesimida aks ettirilgan.
🔹DAVLAT DASTURI
5 ta ustuvor yoʻnalish asosida taqdim etilgan.
Ushbu toʻplam islohotlar dasturlari va davlat dasturining mazmun-mohiyatini sodda va vizual shaklda yetkazish imkonini beradi.
Undan bu yilgi islohotlarning aniq maqsad va ustuvor vazifalari bilan tanishish hamda ularni keng jamoatchilikka yetkazishda, xususan, taqdimotlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar va targʻibot tadbirlarida samarali foydalanish mumkin.
