Xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning siyosiy, ilmiy va ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtiroki hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi hissasiga bag‘ishlangan forum
2026-02-16 16:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning siyosiy, ilmiy va ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtiroki hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi hissasiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, ularning yetakchilik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashdan iborat.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, olima va mutaxassislar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Forum doirasida xotin-qizlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy tashabbuslarini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlashda ayollarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rni ham alohida e’tirof etildi.





