Milliy madaniy markazlar faollariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2026-02-12 10:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–308-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, 2026-yil 9-fevral kuni o‘zbek tili kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan milliy madaniy markazlar faollariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbariyati, milliy madaniy markazlar faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
💬 Shuningdek, mazkur memorandum doirasida milliy madaniy markazlar faollari uchun mo‘ljallangan yangi o‘zbek tili kursining birinchi mashg‘uloti ham tashkil etildi. Davlat tilini o‘qitishga yo‘naltirilgan mazkur o‘quv mashg‘ulotlarining yo‘lga qo‘yilishi milliy madaniy markazlar faollari uchun o‘zbek tilini o‘rganishda yangi imkoniyatlar yaratib, jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rike



