O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 3-7-NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-11-03 11:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugundan boshlab Respublika bo‘ylab ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. 3-noyabrdan 5-noyabrgacha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi, 4-noyabr ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
4 va 5-noyabr kunlari harorat kechasi 0 -3°sovuqgacha, shimolda -5° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliqgacha asta-sekin pasayadi.
6-noyabrdan boshlab hafta oxirigacha O‘zbekiston bo'ylab yog'ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Ba‘zi hududlarda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Havo harorat 3-5 daraja iliqgacha, kunduzi 13-16 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, bugun kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-16 daraja iliqni tashkil etadi.
4 noyabrdan 5 noyabrning tongiga qadar vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorat 4-5 noyabrda kechasi 0-2 daraja sovuqgacha, kunduzi
5-7 daraja iliqgacha pasayadi. Hafta ohirida kechasi salqin havo haroratlari saqlanib qoladi, kunduzi esa10-13 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
O‘zgidromet
2025-yil 3-noyabr
