O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 31-OKTABR VA 1-2-NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-10-31 12:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun Respublika shimolidagi ayrim hududlarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, kechasi Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg'ir yog'ishi kutilmoqda. Respublika janubida va Farg'ona vodiysi viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi.
Shanba kuni kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida biroz yomg'ir yog'ishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni O'zbekiston bo'ylab quruq va salqin ob-havo saqlanib turadi. Havo harorat 31-oktabr kuni 20-25°, shimolda 13-18° bo'ladi. Dam olish kunlari harorat 15-20°C gacha pasayadi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bugun kechasi biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Havo harorat 21-23о bo’ladi.
Shanba kuni kechasi biroz yomg‘ir yog‘ish extimoli bor. Yakshanbada yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorat shanba kuni 16-18о, yakshanbada 18-20о bo‘ladi.
Kechalari harorat 8-10 о atrofida bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 31-oktabr
