Xalqaro hamkorlik
2025-10-08 10:10:00 / Rahbar faoliyati

Ayni damda Jahon Meteorologiya tashkiloti va O‘zgidromet tomonidan tashkillashtirilgan “Markaziy Osiyo mamlakatlarida Milliy meteorologik va gidrologik xizmatlar uchun sun'iy yo‘ldosh ma'lumotlaridan foydalanish bo‘yicha JMT-VLab” mintaqaviy o‘quv-seminari bo’lib o‘tmoqda.
Seminardan maqsad: Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy meteorologik va gidrologik xizmatlari mutaxassislarining sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy masofadan zondlash texnologiyalarini amaliy faoliyatda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish hamda mintaqada ob-havo, iqlim va gidrologik kuzatuvlar sifatini yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat.
