O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 27-31-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-10-27 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, rsepublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati bo‘yicha sovuq front o‘tishi hisobiga kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-28 darajagacha isiydi, shimolda 19-24 daraja bo‘ladi.
28 oktabrda sovuq front respublikaning barcha hududlari bo‘yicha o‘tadi, ba’zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa o‘rtacha yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati pasayadi va 20-23 daraja atrofida bo‘ladi.
Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha asosan iliq va quruq
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 29 oktabrda ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
27 oktabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 28 oktabrda respublika bo‘yicha
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 21-26 daraja atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlim me’yoridan 3-5 darajaga yuqoridir.
Toshkentda: bugun kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25 darajani tashkil etadi.
28 oktabrda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 21-23 daraja bo‘ladi.
29-30 oktabr kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 11-13 daraja,
kunduz kunlari 22-25 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 27-oktabr
