O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 20-24-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-10-20 09:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bizni juda iliq va bulusiz ish haftasi kutmoqda – bunday ob-havo oltin kuzdan zavqlanish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Harorat foni kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 23-28 daraja atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlim me’yoridan 4-6 darajaga yuqoridir.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Bugun kunduzi harorat 21-23 darajani tashkil etadi. Keyingi kunlarda harorat kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 24-28 daraja atrofida bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 20-oktabr
