O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-19-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-10-17 09:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 23-28 darajani, shimolda 20-25 darajani tashkil etadi.
18 oktabrda shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kunduz kunlari asta-sekin pasayadi va 18 oktabrda
21-26 darajani, shimolda 15-20 darajani; 19 oktabrda 28-23 darajani, shimolda
13-18 darajani tashkil etadi. Havo harorati kechalari 6-11 darajagacha, shimolda
3-8 daraja iliqqacha pasayadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi,
faqat 18 oktabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda
qorga aylanishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi
25-27 daraja, shanba kuni 23-25 daraja, yakshanba kuni 19-21 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asta-sekin 8-10 darajagacha pasayadi.
O‘zgidromet
2025-yil 17-oktabr
