O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 13-17-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-10-13 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo kuzatiladi, faqat eng chekka shimoliy hududlarda 14 oktabr kunlari qisqa muddati yomg‘ir yog‘adi.
Harorat foni kechalari 10-13 daraja atrofida, ba’zi joylarda 15 darajagacha, kunduz kunlari 25-28 daraja, janubda 30-33 darajagacha bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlim me’yoridan yuqoridir.
13-14 oktabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat asosan kechasi 10-13 , kunduzi 25-28 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 13-oktabr
