O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 10-12-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-10-10 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va yaqinlashayotgan dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha iliq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10-oktabrda ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati kunduzgi vaqtlarda 23-28 daraja, janubda va cho‘l hududlarida 29-30 darajagacha ko‘tariladi. Eng iliq havo shanba kuni bo‘ladi, kunduzi 28-30 darajagacha, janub va chol hududlarda 32 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi 10-15 daraja atrofida bo’ladi.
10-11-oktabrda shimolda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat:
10-oktabrda 24-26 daraja;
11-oktabrda kechasi 10-12 daraja, kunduzi 26-28 daraja;
12-oktabrda kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 10-oktabr
