O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 6-10-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-10-06 09:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat foni iqlim me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi. Harorat kechalari
8-13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari hafta boshida 20-25 daraja bo‘ladi,
hafta oxiriga kelib 23-28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 30-32 darajagacha ko‘tariladi.
10 oktabr – juma kuni respublika shimolida ba’zi joylarda shamol tezligi
13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Bugun kunduzi havo harorati 22-24 darajani tashkil etad.
Hafta davomida kechalari 9-12 daraja, kunduz kunlari 23-26 daraja atrofida bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 6-oktabr
