SENTABR OYI QANDAY O‘TDI
2025-10-03 16:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
O‘tgan sentabr oyi harorat tartibi bo‘yicha kuz mavsumining boshlanishiga xos bo‘lib, bunda havo nisbatan iliq, harorat esa keskin o‘zgarishlarsiz bo‘lishi kuzatildi.
O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati asosan qulay - 29-34 daraja atrofida, eng issiq kunlarda esa ba’zi joylarda 35-37 darajagacha, respublika janubida 38-40 darajagacha bo‘ldi.
Sentabr oyining ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha harorat qisqa muddatga salqinlashdi. Kechasi va ertalab esa tetiklantiruvchi kuz salqinligi sezildi, bunda havo harorati 9-14 daraja bo‘ldi, kunduz kunlari esa harorat 23-26 darajadan, eng chekka janubda 29-31 darajadan oshmadi.
Minimal va maksimal havo harorati
Sentabr oyining ikkinchi o‘n kunligi boshida Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo harorati asta-sekin 23-28 darajagacha, oyning eng oxirgi kunlarida esa 18-20 darajagacha pasaydi.
Hududning katta qismida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1,2-2,3 darajaga yuqori, shimolda ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘ldi.
Meteorologik kuzatuvlarning tarixiy qatori uchun o‘tgan sentabr oyida respublika janubi va Farg‘ona vodiysi eng iliq sentabr oylari uchligiga, respublikaning markaziy hududlari esa beshligiga kirdi.
2025 yil sentabr oyida eng yuqori va eng past havo harorati kuzning birinchi oyidagi harorat rekordlaridan uzoq bo‘ldi.
Joriy yilning sentabr oyida hududning katta qismida maksimal qiymatlar 2-6 daraja bo‘lgan mutlaq qiymatlarga "yetmadi". Ammo oyning minimal qiymatlari mutlaq qiymatlardan 10-13 darajaga yuqori bo‘ldi.
Barcha kuzatuvlar yillari uchun mutlaq minimal/mutlaq maksimal qiymatlarga nisbatan 2025 yil sentabr oyida
minimal va maksimal havo harorati
|
Meteostan-siya |
2025 yil sentabr oyi minimal harorati |
Mutlaq minimum |
2025 yil sentabr oyi maksimal harorati |
Mutlaq maksimum |
|
Toshkent |
12,6 |
0,1 /1973 |
35,3 |
40,0 /2013 |
|
Nukus |
7,8 |
-2,5 /1973 |
35,2 |
41,6 /1998 |
|
Urganch |
8,8 |
-2,8 /1973 |
34,6 |
41,0 /1997 |
|
Buxoro |
10,4 |
-1,8 /1973 |
35,5 |
42,4 /1996 |
|
Navoiy |
8,5 |
-1,4 /1973 |
36,3 |
39,4 /2012 |
|
Samarqand |
12,5 |
0,0 /1944 |
34,4 |
38,6 /2013 |
|
Nurafshon |
12,9 |
1,3 /1973 |
35,7 |
39,8 /1997 |
|
Jizzax |
9,7 |
0,9 /1964 |
36,6 |
41,0 /1947 |
|
Sirdaryo |
9,9 |
-2,0 /1962 |
37,2 |
40,4 /1997 |
|
Qarshi |
13,6 |
-1,8 /1934 |
35,8 |
41,0 /1997 |
|
Termiz |
14,4 |
1,9 /1934 |
39,5 |
41,5 /1997 |
|
Andijon |
11,1 |
0,8 /1962 |
34,1 |
36,3 /1997 |
|
Namangan |
14,0 |
0,9 /1962 |
35,1 |
37,9 /1926 |
|
Farg‘ona |
11,4 |
1,5 /1884 |
35,5 |
37,7 /1926 |
O‘tgan sentabr oyi juda quruq sharoitlar bilan ajralib turdi. O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘irlar umuman yog‘madi yoki yomg‘ir izlari (0,0-0,5 mm) kuzatildi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida sentabr oyida yog‘gan yomg‘ir miqdori oylik me’yordan 2-3 barobar, ayrim hududlarda esa oylik me’yordan 4-7 barobar ko‘p bo‘ldi.
Ushbu hududda yog‘ingarchilik me’yori sezilarli darajada ko‘p bo‘lishi, oyning oxirida yog‘gan jadal yomg‘irlar (sentabr oyi me’yori 2 mm dan
4 mm gacha bo‘lganda 7-11 mm) hisobigadir.
Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, kamdan kam hollarda markaziy hududlarda ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 13-18 m/s gacha, Ustyurtda 22 m/s gacha bo‘lishi qayd etildi.
Ayrim joylarda shamolning kuchayishi chang-to‘zonlar bilan kuzatildi. Tez-tez changli g‘uborlar vujudga keldi.
Shunday qilib, 22 sentabr kuni respublika poytaxtini changli g‘ubor qopladi. Ko‘rinuvchanlik 4 km ga pasaydi. Chang sovuq front bilan birga O‘zbekistonning cho‘l hududlaridan va janubiy Qozog‘iston hududidan kirib keldi. Atmosferada hosil bo‘lgan harorat inversiyasi havoning konvektiv o‘zgarishiga va g‘uborni tarqalishiga to‘sqinlik qildi. G‘ubor va uning hisobiga hosil bo‘lgan havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lishi Toshkentda bir kecha-kunduz atrofida saqlanib turdi.
