O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 3-5-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-10-03 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
3-5-oktabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda.
3 oktabrda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
Bugun kun davomida respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati 18-23 daraja atrofida, janubda 25-27 darajagacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat kunduz kunlari 20-25 daraja bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi.
Bugun kunduzi cho‘l hududlarda, 4-5 oktabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat:
3 oktabrda 20-22 daraja;
4 oktabrda kechasi 10-12 daraja, kunduzi 23-25 daraja;
5 oktabrda kechasi 10-12 daraja, kunduzi 21-23 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025 yil 3 oktabr
