O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 29-30-SENTABR VA 1-3-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-09-29 10:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Sentabr oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat 26-29 daraja, ba’zi joylarda 31 darajagacha bo‘ladi.
1-2 oktabrda respublikaning barcha hududlariga Qozog‘istondan salqin
va nam havo kirib keladi.
1 oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Navoiy, Toshkent viloyati shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 2 oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 3 oktabrda faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.
Harorat foni 1-2 oktabrda 8-10 darajaga pasayadi. Kechasi va ertalab termometr ustuni 8-13 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa havo harorati
18-23 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Respublika shimolida harorat kechalari
4-9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 15-18 darajagacha pasayadi.
3 oktabrda respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat
2-3 darajaga ko‘tariladi.
Respublika janubida bunday iliq ob-havo 1 oktabrgacha saqlanib turadi,
2-3 oktabrdan esa harorat 20-25 darajagacha pasayadi.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: 28-30 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 oktabrda, kechasi va ertalab 2 oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 3 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi,
10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 29-30 sentabrda kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-29 daraja bo‘ladi.
1-2 oktabrda harorat kechalari 8-11 darajagacha, kunduz kunlari
18-21 darajagacha pasayadi. 3 oktabrda kechasi 8-11 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 29-sentabr
