O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 22-26-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-09-22 09:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari
22-26-sentabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli,
ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asosan kechalari 12-17 daraja, kunduz kunlari 24-29 daraja atrofida bo‘ladi.
22-23 sentabr va 26 sentabr kunlari Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
24 va 26 sentabrda respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat asosan kechalari 13-16 daraja, kunduzi 22-23 sentabrda 24-27 daraja,
24-26 sentabrda 27-29 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 22-sentabr
