O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 19-21-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-09-19 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
19-21-sentabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun kunduzi havo 25-28 darajagacha, janubda 30 darajagacha isiydi. Shanba kuni cho‘l hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni O‘zbekistonning markaziy hududlari bo‘yicha kunduzigi harorat 32-34 darajaga yetadi.
20-21-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati: bugun 26 daraja, ertaga 28-30 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja atrofida bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 19-sentabr
