17-24 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-09-15 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 sentabrda 8-13°, 20-24 sentabrda 10-15°, kunduzi 17 sentabrda 20-25° bo‘ladi, 18-22 sentabrda asta-sekin 25-30° gacha ko‘tariladi, 23-24 sentabrda 23-28° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17 sentabrda 20-25° bo‘ladi,
18-22 sentabrda 25-30° gacha ko‘tariladi, 23-24 sentabrda 23-28° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17-18 sentabrda 20-25° bo‘ladi,
19-22 sentabrda 25-30° gacha ko‘tariladi, 23-24 sentabrda 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 sentabrda 12-17°, 18-24 sentabrda 10-15°, kunduzi
17-19 sentabrda 25-30°, 20-24 sentabrda 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17-18 sentabrda
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 19-24 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17-18 sentabrda 20-25° bo‘ladi, 19-22 sentabrda 25-30° gacha ko‘tariladi, 23-24 sentabrda 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17-18 sentabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 19-20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 17-18 sentabrda 10-15°,
19-24 sentabrda 12-17° bo‘ladi.
