O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-7-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-09-05 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati kunduzi 30-35 daraja,
ba’zi joylarda 37 darajagacha, kechasi va ertalab 17-22 daraja bo‘ladi.
5-6 sentabr kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi, 5 sentabrda ba’zi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 5 sentabrda 35-37 daraja, 6-7 sentabrda 33-35 daraja,
kechalari 18-20 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025 yil 5 sentabr
