O‘ZBEKISTONDA 2025 YIL YOZ FASLINING OXIRGI OYI VA YOZ MAVSUMI QANDAY BO‘LDI?
2025-09-04 14:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Yoz faslining oxirgi oyi - avgust ham tugadi. So‘nggi o‘n yillikdagi barcha avgus oylari kabi, bu yil ham uning iliq bo‘lishi kuzatildi.
O‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 1-1,7 darajaga yuqori bo‘ldi.
O‘zbekiston hududining katta qismida 2025 yil avgust oyi barcha
kuzatuv yillari uchun eng iliq avgust oylari beshligiga kirdi.
Eng issiq davrlarda havo harorati iqlim me’yoridan 3-5 darajaga yuqori bo‘ldi. Biroq, oy davomida ekstremal yuqori harorat qiymatlari qayd etilmadi.
Respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida maksimal harorat
38-40 darajadan yuqori bo‘lmadi va faqat shimolda, janubda va cho‘l hududlarda
41-43 darajaga yetdi.
O‘rtacha bir kecha-kunduzlik havo haroratini me’yordan og‘ishi
Oy boshida, o‘rtalarida va eng oxirida issiq ob-havodan biroz qisqa muddatga dam olish davri kuzatildi. Ushbu kunlarda maksimal havo harorati 30-33 darajadan yuqori bo‘lmadi.
Havo harorati 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni 1-3 kunni,
cho‘l hududlarda va eng chekka janubda ba’zi joylarda 6-8 kunni tashkil etib, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin yoki undan kam bo‘ldi.
Avgust oyida O‘zbekiston hududining katta qismida umuman yomg‘ir yog‘madi yoki faqat yomg‘ir izlari kuzatildi.
Faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida va Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida 1-2 kun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi qayd etildi. Bu hududlarda oylik yog‘ingarchilik miqdori 1-7 mm ni tashkil etdi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/ s gacha, respublika shimolida va Toshkent viloyatining baland tog‘larida 20-25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi. Shamolning kuchayishi changli bo‘ronlar/chang-to‘zonlar bilan qayd etildi.
Avgust oyining oxiri bilan 2025 yilning yoz mavsumi ham tugadi.
Bu yil u me’yordan 1,5-2 darajaga iliqroq bo‘lib, O‘zbekiston hududining katta qismida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng iliq yoz mavsumlari reytingida 3-6 o‘rinni egalladi.
O‘tgan yozning barcha 3 oyi odatdagidan o‘rtacha iliqroq bo‘ldi, respublikaning barcha hududlari bo‘yicha iyul oyi me’yorga nisbatan eng iliq bo‘lishi qayd etildi.
Bu oyda o‘rtacha oylik haroratning me’yordan og‘ishi 1,5-3 darajani tashkil etdi.
O‘rtacha oylik havo haroratini me’yordan og‘ishi (⁰S)
2025 yil butun yoz mavsumi davomida havo haroratining eng yuqori qiymatlari iyul oyida ham kuzatildi. Respublikaning ayrim hududlarida 2025 yil iyul oyida maksimal havo harorati meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun rekord bo‘ldi yoki o‘tgan yillarda o‘rnatilgan rekordlarni takrorladi.
|
Meteostansiya |
2025 yil yoz mavsumining maksimal harorati (oS) |
O‘tgan barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq maksimum (oS) |
|
Toshkent |
43,5 |
44,6 /1997 |
|
Nukus |
43,5 |
46,8 /2002 |
|
Mo‘ynoq (Orolbo‘yi) |
44,7 |
46,5 /2019 |
|
Urganch |
43,5 |
45,5 /2018 |
|
Buxoro |
45,5 |
46,0 /1997 |
|
Navoiy |
45,5 |
45,9 /2021 |
|
Moshiquduq (Qizilqum cho‘li) |
47,0 |
49,7 /1983 |
|
Nurafshon |
43,5 |
42,7 /1983 |
|
Samarqand |
42,3 |
42,4 /1983 |
|
Jizzax |
41,2 |
43,9 /1914 |
|
Sirdaryo |
43,4 |
45,0 /1944 |
|
Qarshi |
44,8 |
47,4 /1944 |
|
Mubarak (dasht zonasi) |
48,0 |
48,6 /1944 |
|
Termiz |
45,8 |
49,6 /1914 |
|
Andijon |
41,0 |
41,7 /1953 |
|
Namangan |
42,6 |
42,4 /2021 |
|
Farg‘ona |
41,4 |
42,4 /1944 |
