O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2-5-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-09-02 10:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 31-34 daraja, kechasi va ertalab
13-18 daraja bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi va kunduz kunlari havo 35-37 darajagacha isiydi. Hududning katta qismida ushbu kunlarda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimolida havo bulutlilik kuchayishi kuilmoqda, amma bu hududda ham quruq ob-havo saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo kmm bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 2 sentabrda ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kunduzi 2-3 sentabrda 31-33 daraja, 4-5 sentabrda 35-37 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari 16-18 darajadan 20-22 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zgidromet
2025 yil 2-sentabr
