O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 29-30 AVGUST VA 1 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-08-29 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha bulutsiz va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 36-39 daraja, cho‘l hududlarda va respublika janubida
ba’zi joylarda 41 darajagacha bo‘ladi.
Ertadan boshlab respublika hududiga shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 30 avgustda 31-36 daraja, 31 avgust-
1 sentabrda 28-33 darajani tashkil etadi.
Kechasi va ertalab salqin havo sezilarli bo‘ladi, 1 sentabrga kelib, harorat kechasi 13-16 darajagacha pasayadi.
Shu kunlarda respublika bo‘yicha bulutsiz va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 30-31 avgust va 1 sentabrda ayrim joylarda ba’zida
20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo bulutsiz bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 30-31 avgustda 10-14 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Bugun kunduzi harorat 37-39 daraja, shanba kuni 34-36 daraja, yakshanba
va dushanba kunlari 30-32 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari asta-sekin
13-15 darajagacha pasayadi.
O‘zgidromet
2025-yil 29-avgust
