O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 25-29-AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
2025-08-25 09:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari
O‘tgan dam olish kunlari kuzatilgan qulay harorat fonidan so‘ng, bugundan boshlab O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarila boshlaydi va ish haftasi davomida 36-39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi.
Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo qayd etiladi.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkentda: havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 36-39 daraja, kechasi 21-24 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025 yil 25 avgust
