O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 18-22-AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
2025-08-18 09:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati ancha qulay 30-34 daraja atrofida, janubda 37 darajagacha bo‘ladi.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha respublika hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va haftaning ikkinchi yarmida 34-37 daraja atrofida, janubda 40 darajagacha bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun kunduzi 32-34 daraja bo‘ladi, 19-22 avgustda asta-sekin 35-37 darajagacha ko‘tariladi. Harorat asosan kechalari 17-20 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 18-avgust
