O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 15-17-AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
2025-08-15 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli
va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda 16 avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 15-16 avgust kunlari asosan 30-35 daraja, janubda
38 darajagacha bo‘ladi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda, havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 17 avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: bugun va ertaga asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi,
17 avgust - yakshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-15 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechalari 19-21 daraja, kunduz kunlari 15-16 avustda 32-35 daraja, 17 avgustda 28-30 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 15-avgust
