O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 11-15-AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
2025-08-11 09:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
11-12 avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli
va issiq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati asosan 38-40 daraja, janubda 42 darajagacha bo‘ladi.
Faqat shimoli-g‘arbiy viloyatlarda va cho‘l hududlarda ertaga kunduzi harorat
2-3 darajaga pasayadi.
13 avgust - chorshanba kuni haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Lekin issiqning sezilarli darajada pasayishi ish haftasining ikkinchi yarmida kutilmoqda, bunda respublika hududining katta qismida harorat 34-37 darajagacha, faqat eng chekka janubda 40 darajagacha pasayadi.
Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13 avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan
3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari 11-12 avustda 38-40 daraja, 13 avgustda 36-38 daraja, 14-15 avgustda 34-37 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 11-avgust
