O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 1-3 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
2025-08-01 11:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Avgust oyining birinchi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat bugun kunduzi Farg‘ona vodiysida, shuningdek, Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Havo harorati 32-35 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 38 darajagacha bo‘ladi, bu avgust oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim me’yorlaridan 1-2 darajaga pastdir.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-16 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
1 avgust kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining
tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunnning ikkinchi yarmida shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
20-23 daraja, kunduzi 32-35 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025 yil 1 avgust
