O‘ZBEKISTONDA AVGUST OYINING IQLIM XUSUSIYATLARI VA 2025 YIL AVGUST OYI UCHUN OB-HAVO PROGNOZI
2025-07-28 16:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Iyul – yoz faslining ikkinchi oyi ham tugamoqda, yozning so‘nggi oyi - avgust yaqinlashib kelmoqda. O‘zbekistonda avgust oyida odatda qanday ob-havo kuzatiladi?
Avgust oyida harorat foni pasaya boshlaydi, bu oy iyul kabi juda issiq bo‘lmaydi. O‘zbekiston hududi bo‘yicha avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5 darajaga past bo‘ladi. Ammo shunga qaramay, avgust hali ham juda issiq oy hisoblanadi.
Yilning ko‘p oylari singari, avgust oyi ham nisbatan iqlim o‘zgarishi ta’siri ostida bo‘ladi. 1991-2020 yillar va 1961-1990 yillar uchun avgust oyidagi o‘rtacha oylik haroratning farqi 1,2-1,5 darajani tashkil etadi.
Yil bo‘yicha o‘zgarish tendensiyasini ko‘rsatish bilan
o‘rtacha oylik harorat dinamikasi
Meteorologik kuzatuvlarning barcha davri uchun 2021 yilning avgust oyi eng iliq, 1912 yilning avgust oyi esa eng sovuq bo‘lgan edi.
Hududning katta qismida o‘rtacha maksimal harorat 35-37 darajani, janubda va cho‘l hududlarda 38-40 darajani tashkil etadi.
Issiq ob-havoning eng yuqori cho‘qqisida, ayrim kunlarda havo harorati deyarli har yili 38-39 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda esa 41-43 darajaga yetadi.
Kuzatuvlarning barcha yillari uchun avgust oylarining maksimal havo harorati mutlaq rekordi 41-43 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-48 darajani tashkil etadi.
Butun tarixiy davr uchun Toshkentda eng yuqori havo harorati 43,1 daraja (1944 yil) bo‘lgan edi.
O‘zbekiston hududining katta qismida avgust oyida havo harorati biron marta ham 40,0 darajadan ko‘tarimagan, faqat janubda va cho‘l hududlarda ayrim kunlarda havo 41-42 darajagacha isigan yillar ham kuzatilgan. So‘nggi 10 yil ichida bunday avgust oylari 2020 va 2022 yillarda qayd etilgan.
Odatda avgust oyining oxiriga kelib, kuz faslining yaqinlashishi (nafasi) sezila boshlanadi. Salqin havo massalarining kirib kelish soni ko‘payadi. Ayrim yillarda avgust oyida salqin havo kirib kelishi O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduzgi haroratni 25-30 darajagacha, ba’zan esa undan ham pastroq 20-25 darajagacha pasaytiradi (2020 va 2023 yy.).
Avgust oyida harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni iyul oyiga nisbatan sezilarli darajada kamayadi (2-3 marta).
O‘zbekistonda avgust oyi yilning eng quruq oyi deb hisoblanadi.
Yomg‘ir juda kamdan-kam hollarda, tekislik hududlarning katta qismida o‘rtacha 1 kundan 3 kungacha biroz yog‘adi va o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik miqdori 1-2 mm dan, Farg‘ona vodiysida 3-5 mm dan ko‘p bo‘lmaydi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir tez-tez yog‘adi, ba’zi joylarda o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik miqdori 12-15 mm ni, Farg‘ona viloyati tog‘larida va Toshkent viloyatining baland tog‘larida esa 20-22 mm ni tashkil etadi.
Shunday hollar kuzatiladiki, ushbu eng quruq oyda ham respublikaning ayrim hududlarida jadalligi biroz bo‘lgan jala yomg‘irlar qayd etiladi. Shunday qilib, 2020 yil avgust oyi oxirida O‘zbekistonning markaziy viloyatlarida bir kecha-kunduzda yog‘ingarchilik miqdori 10-34 mm bo‘lgan kuchli jala yomg‘ir yog‘ib o‘tgan edi.
Shu kuni Toshkentda 17 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan (oylik me’yor 2 mm) - bu avgust oyida bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha mutlaq rekorddir.
2023 yil avgust oyi yog‘ingarchilik yog‘ishi tavsifi bo‘yicha g‘ayritabiiy bo‘lgan.
Uzoq muddatli quruq va issiq ob-havodan so‘ng, 27-31 avgust kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘di. Ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘di – bir kecha-kunduzda, aniqrog‘i bir necha soat ichida yog‘ingarchilik miqdori avgust oyidagi oylik me’yordan bir necha marta ko‘p bo‘ldi.
Respublikaning ayrim hududlarida bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdorining tarixiy maksimumlari yangilandi.
Eng esda qoladigan rekordlar Sariosiyo meteostansiyasi (Surxondaryo viloyati tog‘ oldi) hududida kuzatilgan, bunda oylik me’yor 0,4 mm bo‘lganda 3 soat 10 daqiqa ichida 35 mm va Qo‘qon meteostansiyasi hududida oylik me’yor 5 mm bo‘lganda 20 daqiqa ichida 35 mm yomg‘ir yog‘gan.
Joriy yilning avgust oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?
Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi.
Oyning katta qismida harorat asosan kunduzi 34-37 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-41 darajagacha bo‘ladi. Bunday harorat yoz fasli uchun juda qulay bo‘lib, u avgust oyidagi o‘rtacha yillik qiymatlarga yaqindir.
Kechalari harorat asosan 18-23 daraja bo‘ladi.
Uchinchi o‘n kunlikda harorat kechalari asta-sekin 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha, janubda 36-38 darajagacha pasayadi.
Avgust oyi asosan quruq bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida oy davomida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.
