O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 28-31 IYUL VA 1 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
2025-07-28 15:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Kecha, 27 iyul kuni O‘zbekiston hududiga biroz nam va o‘tgan haftaga nisbatan biroz issiq bo‘lgan havo massalari kirib kelishi boshlandi.
Respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 34-37 darajagacha pasaydi, bu iyul oyi oxiri uchun bo‘lgan iqlim me’yoriga yaqin bo‘ldi.
Biroq, namlikning oshishi harorat pasayishi ta’sirini biroz kamaytirdi va ayniqsa kechasi havo dim bo‘lishi sezilarli bo‘ldi.
Ushbu hafta davomida respublika hududi bo‘yicha harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Ko‘pchilik viloyatlarda harorat asosan 32-37 daraja, respublikaning cho‘l hududlarida va janubida ba’zi joylarda 38-40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Yog‘ingarchilik ushbu haftada kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iton Respublikasida va respublikaning tog‘li hududlarida bugun kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkentda: havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Havo harorati 21-24 daraja, kunduzi 34-37 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025 yil 28 iyul
