Xalqaro hamkorlik Gidrometeorologiya milliy markazi rahbari va Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti Dr. Abdulla Ahmed Al Mandousning boshchiligidagi delegatsiya O‘zgidromet agentligiga tashrif buyurdi
2025-07-21 15:00:00 / Rahbar faoliyati

Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Gidrometeorologiya milliy markazi rahbari va Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti Dr. Abdulla Ahmed Al Mandousning boshchiligidagi delegatsiya O‘zgidromet agentligiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda BAA delegatsiyasi O‘zgidromet agentligi faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan batafsil tanishdil.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, ilmiy-tadqiqot loyihalar, kadrlar malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, atmosfera monitoringi va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish yo‘nalishlarida tajriba almashish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, kelajakdagi rejalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
