O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 21-25-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO
2025-07-21 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va keyingi kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 44-45 darajagacha bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida ham issiqning sezilardi darajada pasayishi kutilmaydi. Harorat asosan kunduz kunlari 38-41 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 42-43 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asosan kechalari 23-28 daraja bo‘ladi.
Ushbu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat asosan kechalari 23-26 daraja, kunduz kunlari 21-23 iyulda 40-42 daraja, 24-25 iyulda
38-40 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 21-iyul
