Xodimlar faoliyati
2025-05-31 10:30:00 / Majlislar
Joriy yilning 31-may kuni ayollar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha "Ekologiya vazirligi kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zgidromet agentligining ayollar jamoasi mazkur musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2025-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida o‘tkazilgan "Butunjahon atrof-muhit kuni"ga bag‘ishlangan tadbirda vazir o‘rinbosari tomonidan ayollar jamoasi munosib taqdirlandi va jamoaga alohida minnatdorchilik bildirildi.
