Xodimlar faoliyati
2025-05-14 16:00:00 / Majlislar

O‘zgidromet mutaxassislari joriy yilning 14-may kuni Namangan viloyati Gidrometeorologiya markazining Meteorologik radiolokator kuzatuv stansiyasida bo‘lib, radiolokator qurilmalariga hamda boshqaruv pulti vositalariga mavsumiy profilaktik xizmat ko‘rsatish ishlarini olib bordilar.
Shuningdek, meteorologik radiolokator kuzatuv stansiyasi xodimlari bilan kuzatuv maydonida qayd etiladigan meteoma’lumotlarni qabul qilish, tahrirlash va taqdim etish bo‘yicha suhbat o‘tkazdilar.
