"Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
2025-04-09 15:30:00 / Majlislar

2025-yil 9-aprelda Gidrometeorologiya xizmati agentligida Respublikamizda o‘tkazilayotgan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli mutaxassislari tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida tushunchalar berildi.
Shunigdek, Agentlik mutaxassislari ishitirokida yong‘in xavfsizligini ta'minlash, uni oldini olish va yong'in sodir bo'lganda harakat qilish bo'yicha profilaktik tadbir o'tkazildi.
