O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-19 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO
2025-07-14 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Ushbu ish haftasining birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari harorat 36-39 daraja atrofida, respublika janubida va cho‘l hududlarida 40-42 darajagacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi. Juda issiq ob-havo davri shanba kuniga qadar davom etadi. Kunduz kunlari termometr ustuni 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.
Shu kunlarda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qisqa muddatli yomg‘irlar faqat 14-16 iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda kuzatilishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 14-16 iyulda kechalari 22-24 daraja, kunduz kunlari 37-39 daraja bo‘ladi. 17-19 iyulda harorat kechalari 25-27 darajagacha, kunduz kunlari 40-42 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zgidromet
2025 yil 14 iyul
