11-14-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-07-09 10:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 11 iyulda kechasi 18-23°,kunduzi 32-37°, 12-14 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 11-12 iyulda ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-12 iyulda 20-25°, 13-14 iyulda 22-27°, kunduzi 11 iyulda 32-37°, 12-14 iyulda 35-40° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 11-12 iyulda ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 11 iyulda 31-36°,
12 iyulda 33-38°, 13-14 iyulda 35-40° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 11-12 iyulda 20-25°,
13-14 iyulda 22-27°, kunduzi 11 iyulda 34-39°, 12 iyulda 35-40°, 13-14 iyulda 37-42° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 iyulda
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.12-14 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 11 va 14 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 11 iyulda 18-23°, 12-14 iyulda 20-25°, kunduzi 11-12 iyulda 30-35°, 13 iyulda 34-39°, 14 iyulda 35-40° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 iyulda
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12-14 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 iyulda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°, 12 iyulda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°, 13-14 iyulda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
