O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 7-11-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-07-07 10:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari
O‘tgan hafta respublika bo‘yicha kuzatilgan kuchli issiqdan so‘ng,
7-11 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda.
Havo harorati bugun kunduzi 36-41 darajani, 8-9 iyul kunlari 33-38 darajani, 10-11 iyulda 31-36 darajani tashkil etadi. O‘zbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib harorat 37-40 darajani tashkil etadi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek tog‘ oldi va tog‘li hududlarda
9-10 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
7 iyul kuni harorat asosan 39-41 daraja, 8-9 iyulda 35-38 daraja,
10-11 iyulda 32-37 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 7-iyul
