O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 4-6-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-07-04 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Kechagi kundan boshlab havo harorati kunduzi 39-41 darajagacha, respublikaning cho‘l hududlarida va janubda 43-45 darajagacha ko‘tarildi.
Bugun 4 iyul kuni termometr ustuni 41-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-46 darajagacha yanada ko‘tariladi.
Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha harorat
34-39 darajagacha pasayishi seziladi.
Dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish biroz bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat kunduzi 38-41 daraja atrofida,
janubda 42-44 darajagacha bo‘ladi.
O‘zbekistonda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 5 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 6 iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkentda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat asosan 4-5 iyulda 40-43 daraja, 6 iyulda 39-41 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 4-iyul
