O‘ZBEKISTON AHOLISINI YOZ O‘RTALARIDA QANDAY OB-HAVO SHAROITI KUTMOQDA
2025-06-30 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Iyul – yoz faslining o‘rtasi bo‘lib, O‘zbekistonda eng yuqori havo harorati iyul oyida kuzatiladi.
Iyul oyining o‘rtacha maksimal harorati (yoki iqlim me’yori) respublika hududining katta qismida 35-37 darajani, janubda va cho‘l hududlarda 38-40 darajani tashkil etadi.
Ammo deyarli har yili, iyul oyida havo harorati 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 darajagacha, eng issiq yillarda esa undan ham yuqori bo‘ladigan juda issiq davrlar kuzatiladi.
Havo harorati 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan o‘rtacha kunlar soni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarda 1-3 kun, shimoliy va janubi-g‘arbiy hududlarda 3-7 kun, cho‘l hududlarda va janubda 10-15 kunni tashkil etadi.
So‘nggi yillarda bunday issiq kunlar sonining ko‘payish tendensiyasi kuzatilmoqda.
So‘nggi 10 yil ichida (2015-2024 yy.) 7 ta iyul oylari meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq o‘ntalikka kirdi.
Bu davrning qolgan iyul oylari me’yor atrofida yoki undan biroz iliqroq bo‘lgan.
Respublika hududining katta qismida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun 2019 yil iyul oyi eng issiq bo‘ldi. Masalan, ushbu yili Toshkentda ketma-ket 14 kun (me’yor 3 kun) davomida maksimal havo harorati 40 darajadan yuqori bo‘lgan, eng issiq kunlarda esa 42-43 darajaga yetgan.
Iyul oyi O‘zbekistonning shimoliy hududlarida 2018 yil, janubda esa 2021 yil eng issiq iyul oyi bo‘lgan.
O‘sha iyul oyida maksimal havo harorati 41-43 darajaga, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajaga yetgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda havo haroratining tarixiy maksimumi 46-48 daraja qayd etilgan.
Respublikaning qolgan hududlarida mutlaq maksimal harorat rekordlari boshqa yillarda o‘rnatilgan.
Shunday qilib, Toshkentda rekord havo harorat hali ham 44,6 daraja bo‘lib qolmoqda, u 1997 yil iyul oyida qayd etilgan.
Qizilqum cho‘lida 1983 yil iyul oyida havo harorati 49-50 darajagacha bo‘lishi qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, harorat rekordlari va ularga yaqin qiymatlar juda kamdan-kam hollardir, faqat eng issiq iyul oylarida kuzatiladigan alohida holatlardir.
Iyul oyida juda kam yomg‘ir yog‘adi, chunki bu yilning eng quruq oylaridan biri deb hisoblanadi. O‘rtacha, ko‘p yillik davr uchun hududning katta qismida 1-2 kun, ba’zi joylarda 3-4 kungacha yomg‘ir yog‘adi.
Farg‘ona vodiysi va respublikaning tog‘li hududlarida oyda o‘rtacha 6-9 kungacha yomg‘ir tez-tez yog‘adi.
Odatda, iyul oyi yomg‘irlari mahalliy xususiyatga ega bo‘lib, asosan jadalligi biroz bo‘lishi kuzatiladi.
Ammo iyul oyida juda kam uchraydigan holatlar ham kuzatiladi, bunday hollarda bir necha soat ichida yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan bir necha bor ko‘p bo‘lgan anomal jala yomg‘irlar yog‘ishi kuzatiladi.
1954 yil 21 iyul kuni Toshkentda oylik me’yor 3 mm bo‘lganda 29 mm yomg‘ir yog‘gan.
O‘zbekistondagi ayrim meteorologik stansiyalarda iyul oyida bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilikning maksimal miqdori yillik maksimum deb hisoblanadi!
|
Meteorologik stansiyalar |
Bir kecha-kunduz uchun iyul oyi va yillik maksimal yog‘ingarchilik miqdori (mm) |
Hodisa kuzatilgan yil |
Oylik yog‘ingarchilik me’yori (mm) |
|
Nukus |
48,1 |
1938 yil iyul |
2,5 |
|
Xiva |
75,5 |
1981 yil iyul |
0,9 |
|
Namangan |
68,3 |
1969 yil iyul |
4,3 |
|
Kosonsoy |
75,6 |
1969 yil iyul |
14,0 |
Bu yil yozning o‘rtasi qanday bo‘ladi?
Ushbu yilda, so‘nggi yillarda tez-tez qayd etilganidek, iyul oyi o‘rtacha yillik qiymatlardan 1-2 darajaga iliqroq bo‘lishi kutilmoqda.
Iyul oy havo harorati ko‘tarilishi bilan boshlanadi. 2 iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3-5 iyul kunlari hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda
44-46 darajagacha ko‘tariladi.
5 iyul kuni respublikaning g‘arbiy yarimi bo‘yicha, 5 iyulda barcha hududlar bo‘yicha harorat 4-6 darajaga pasayadi. Biroq, iyul oyida salqin havoni kutmaslik kerak.
Oy oxirigacha harorat asosan 36-39 daraja, ayrim eng issiq kunlarda esa
40-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Iyul oyida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam.
