O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 20-22 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-06-20 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha 34-37 daraja bo‘lgan nisbatan qulay harorat fonida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda shamolning kuchayishi 20-22 m/s ga yetishi mumkin.
20-22 iyunda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari 37-40 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zgidromet
2025 yil 20 iyun
