O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 16-20-IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-06-16 10:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Ushbu haftaning boshidan O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kuchayadi.
16-17 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida,
17-19 iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.
Kechalari ham havo dim bo‘ladi. Faqat ertalabki soatlarda harorat biroz
24-27 darajagacha pasayadi.
Hafta oxirida harorat biroz pasayadi, hududning katta qismida kunduzgi havo harorati 35-38 daraja, janubda 39-41 daraja atrofida bo‘ladi. Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
16-18 iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 19-21 iyunda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda 20 iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat bugun kunduzi 36-38 daraja, 17-19 iyunda 38-41 darajagacha,
20 iyunda 35-37 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 16-iyun
