O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 13-15-IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-06-13 09:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari
O‘ZBEKISTON BO‘YICHA
2025-YIL 13-15-IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
13 iyundan boshlab respublika hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi, asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun kunduzi harorat 33-35 daraja bo‘ladi,
dam olish kunlari 36-38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda
esa 40-42 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida, dam olish kunlari 36-38 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 13-iyun
