O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 5-8 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-06-05 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 36-39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda
40-42 darajagacha bo‘ladi.
6-7 iyun kunlari respublika hududiga nisbatan salqin va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
6 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, 7 iyunda Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda. 6 iyunda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 7 iyunda markaziy va sharqiy viloyatlarda harorat
28-33 darajagacha, yomg‘ir paytida 25-27 darajagacha pasayadi.
8 iyunda O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 2-3 darajaga ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
5-6 iyunda ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 36-38 daraja bo‘ladi.
6 iyunda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33 daraja atrofida bo‘ladi.
7 iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 27-29 darada bo‘ladi.
8 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 5-iyun
