2025-YIL MAY – BAHOR FASLINING OXIRGI OYI
2025-06-09 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bahor faslining oxirgi oyi - may oyi ham tugadi.
Bu yil may oyi juda yuqori harorat foni bilan ajralib turdi. Oyning katta qismida o‘rtacha bir kecha-kunduzlik havo harorati iqlim me’yoridan 4-6 darajaga, ayrim davrlarda esa 7-9 darajagan yuqori bo‘ldi.
Faqat may oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududiga o‘rta troposferada siklonik aylanish bilan bog‘liq bo‘lgan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keldi.
27 maydan oy oxirigacha past harorat foni saqlanib turdi. Kunduzgi harorat 25-30 darajadan, ba’zi joylarda 20-23 darajadan oshmadi.
2025 yil may oyida o‘rtacha oylik havo harorati iqlim me’yoridan 2,5-4,5 darajaga yuqori bo‘ldi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha o‘tgan may oyi eng iliq may oylari uchligiga kirdi.
Respublikaning ko‘pchilik hududlarida (shu jumladan Toshkent shahrida), o‘tgan may oyi O‘zbekistondagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq may oyi bo‘ldi.
Eng issiq kunlarda maksimal havo harorati yoz fasliga xos bo‘lgan qiymatlarga - 37-40 darajaga, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-43 darajaga, Qizilqum cho‘lining g‘arbida 45 darajaga yetdi.
|
Meteostansiya |
2025 yil may oyi maksimal harorati (oS) |
Kuzatuv boshidan 2024 yilgacha bo‘lgan davr uchun may oylari mutlaq maksimumi (oS)
|
|
Toshkent |
39,5 |
39,9 /1902 |
|
Nukus |
41,2 |
43,1 /2021 |
|
Mo‘ynoq (Orolbo‘yi) |
41,7 |
43,1 /2021 |
|
Urganch |
40,8 |
43,0 /2021 |
|
Buxoro |
40,9 |
41,4 /1984 |
|
Navoiy |
41,0 |
45,9 /2021 |
|
Buzaubay (Qizilqum cho‘li) |
44,5 |
45,4 /1921 |
|
Samarqand |
38,6 |
39,9 /1986 |
|
Jizzax |
38,4 |
41,2 /1962 |
|
Sirdaryo |
39,9 |
40,5 /1961 |
|
Qarshi |
40,7 |
43,0 /1988 |
|
Muborak (dasht zonasi) |
42,2 |
43,4 /1940 |
|
Termiz |
42,1 |
43,6 /1936 |
|
Andijon |
38,2 |
40,0 /1984 |
|
Namangan |
39,1 |
40,1 /1984 |
|
Farg‘ona |
38,1 |
39,0 /1984 |
Respublikaning bir qator hududlarida O‘zbekistondagi kuzatuvlar tarixiy qatori uchun may oyi maksimal havo harorati rekordalari yangilandi yoki takrorlandi.
|
Meteostansiya |
2025 yil may oyi maksimal harorati (oS) |
Kuzatuv boshidan 2024 yilgacha bo‘lgan davr uchun may oylari mutlaq maksimumi (oS)
|
|
Orolbo‘yi (Xorazm viloyati) |
||
|
Tuyamo‘yin |
43,2 |
43,2 /2021 |
|
Qizilqum cho‘li |
||
|
Tomdi |
43,4 |
43,0 /2021 |
|
Oqbaytal |
43,0 |
42,1 /1961 |
|
Uchquduq |
42,5 |
40,7 /2020 |
|
Markaziy hududlar (Samarqand viloyati) |
||
|
Dag‘bit |
39,4 |
39,3 /1984 |
|
Qushrabot |
39,6 |
38,0 /1984 |
|
Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlari |
||
|
Kul |
28,0 |
26,3 /2001 |
O‘tgan may oyi nafaqat ekstremal issiq, balki ekstremal quruq bo‘ldi.
Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining ko‘pchilik hududlarida oy davomida yog‘ingarchilik oylik me’yordan 0% dan 10% gacha bo‘lishi kuzatildi.
Respublika shimolida, cho‘l hududlarida va janubida bunday quruq may oylari o‘rtacha 7-9 yilda 1 marta qayd etiladi.
Masalan, Samarqandda yog‘ingarchilik 0,0 mm (o‘tgan may oyida shuncha yog‘gan) bo‘lishi meteorologik kuzatuvlarning deyarli asrlik tarixida atigi 3 nchi–holatdir.
Me’yorga nisbatan eng ko‘p yog‘ingarchilik Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarbda yog‘di – ba’zi joylarda me’yordan 60-80% gacha, Qo‘qon meteostansiyasi hududida esa 103% bo‘ldi. Respublikaning qolgan hududlarida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yorning 20% dan 50% gachani tashkil etdi. Yomg‘irlar, asosan uchinchi o‘n kunligining ayrim kunlarida yog‘di.
Surxondaryo, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari qayd etildi.
Respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim kunlarda kuchayish ba’zida 22-25 m/s ga yetishi kuzatildi.
Respublika cho‘l hududlarida va eng chekka janubida shamolning kuchayishi ba’zida chang-to‘zonlar bilan qayd etildi.
17 may kuni Toshkent shahrida atmosfera fronti zonasida shamol kuchayishi natijasida changli bo‘ron kuzatildi. Kuchli shamol havoga katta miqdorda qum va changni ko‘tardi, bu esa janubiy Qozog‘iston hududlaridan kelgan chang bilan birga ko‘rinuvchanlikni sezilarli darajada yomonlashishiga sabab bo‘ldi.
Poytaxtda havoni kuchli changlanishi ba’zi joylarda soat 22.00 gacha saqlanib turdi.
