O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 12-16 MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-05-12 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
12-16-may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asoan kam bulutli
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda 12-13-may kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Bugun kunduzi havo harorati 32-35 daraja atrofida, shimolda, janubda
va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha bo‘ladi.
Ertadan boshlab respublika hududiga issiq havo kirib kelishi kuchadi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 37-40 darajagacha, ba’zi joylarda 41-42 darajagacha isiydi.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Bugun kunduzi harorat 33-35 daraja,
3-14-mayda 35-38 daraja, 15-16 mayda 38-41 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat
19-21 darajadan 23-25 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zgidromet
2025-yil 12-may
