DAM OLIŞ KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-11-20 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

20-22-NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi havo asosan yoğingarçiliksiz böladi, faqat kunning ikkinçi yarmida Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja iliq atrofida böladi.
Dam oliş kunlari respublikaning katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi, faqat şanba kuni Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlarida, yakşanba kuni respublika şimoliy hududlarining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin.
Havo harorati dam oliş kunlari keçalari 9-14 daraja iliqni taşkil etadi, kunduz kunlari esa asta-sekin 20-25 daraja iliqqaça kötariladi.
Baʼzi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. 21-noyabrda respublikaning ayrim toğli hududlarida baʼzi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
Toşkentda: yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati keçalari 11-13 daraja iliq, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq atrofida böladi.
Özgidromet
2026-yil 20-noyabr
