Gidrometeorologiya xizmatida raqamli yeçimlardan foydalaniş böyiça trening ötkazildi
2026-07-02 10:20:00 / Rahbar faoliyati

Gidrometeorologiya xizmati agentligi uçun Amerikaning Tomorrow.io kompaniyasi tomonidan trening taşkil etildi.
Trening davomida kompaniya tomonidan işlab çiqilgan “Weather Intelligence” (“Ob-havo analitikasi”) platformasining asosiy imkoniyatlari, meteorologik ma’lumotlarni yiğiş, qayta işlaş va tahlil qiliş usullari, şuningdek, ob-havo xavflarini oldindan baholaş böyiça zamonaviy yondaşuvlar taqdim etildi.
Tadbir doirasida platformadan amaliy foydalaniş, prognozlaş sifatini oşiriş, raqamli texnologiyalarni gidrometeorologik kuzatuv jarayonlariga joriy etiş hamda ma’lumotlardan samarali foydalaniş masalalari körib çiqildi.
Trening yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusida tajriba almaşiş va hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildilar.
