1-8-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-10-30 10:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI:Havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 7 noyabrda ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Şamol özgaruvçan yönalişda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 1-2 va 8 noyabrda 0-5° iliq, 3-7 noyabrda 3-8° iliq, kunduz 1-6 noyabrda 15-20° iliq, 7 noyabrda 13-18° iliq, 8 noyabrda 10-15° iliq böladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI:Havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 5 va 7 noyabrda ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Şamol özgaruvçan yönalişda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 1-2 noyabrda 5-10° iliq, 3-7 noyabrda 7-12° iliq,8 noyabrda 5-10° iliq kunduzi 1-7 noyabrda 18-23° iliq, 8 noyabrda 15-20° iliq böladi.
TOŞKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI:Havo özgaruvçan böladi, 1 noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Toşkent viloyatining ayrim joylarida keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. 2-4 va 6-7 noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi. 5 va 8 noyabrda ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Şamol özgaruvçan yönalişda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-2 noyabrda keçasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 3-8 noyabrda keçasi 7-12° iliq, kunduzi 3-7 noyabrda 18-23° iliq, 8 noyabrda 15-20° iliq böladi.
QAŞQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI:Havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 5 va 8 noyabrda ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Şamol özgaruvçan yönalişda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 1-2 noyabrda 7-12° iliq, 3-8 noyabrda 9-14° iliq, kunduzi 1 noyabrda 20-25° iliq, 2-7 noyabrda 22-27° iliq, 8 noyabrda 19-24° iliq böladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARĞONA VILOYATLARI:Havo özgaruvçan böladi, 1 noyabrda ayrim joylarda keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. 2-4 va 7-8 noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi. 5-6 noyabrda ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Şamol özgaruvçan yönalişda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 1-2 noyabrda 5-10° iliq, 3-8 noyabrda 7-12° iliq, kunduzi 1-7 noyabrda 17-22° iliq, 8 noyabrda 15-20° iliq böladi.
RESPUBLIKANING TOĞ OLDI VA TOĞLI HUDUDLARI:Havo özgaruvçan böladi, ba’zi joylarda yomğir yoğişi, baland toğli hududlarda qorga aylanişi mumkin. Şamol özgaruvçan yönalişda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 3° sovuqqaça, kunduzi 10-15° iliq böladi.
